Shavkat Mirziyoyev Toni Blerni qabul qildi
Jamiyat
−
25 iyun 1675 1 daqiqa
Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Global o‘zgarishlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Toni Bler Yangi O‘zbekistondagi izchil va keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlariga yuksak baho bergan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi O‘zbekiston investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish uchun samarali xalqaro maydon bo‘lgani e’tirof etilgan.
Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar va yirik strategik investorlarni jalb etish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, jumladan, ilg‘or innovatsion yechimlarni joriy qilish kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan.
Live
Barchasi