Shavkat Mirziyoyev tibbiyot tizimidagi jiddiy o‘zgarish bo‘ladigan 5 ta yo‘nalishni sanadi

Jamiyat

image

Bugun, 18 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot sohasini rivojlantirish va raqamlashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishini o‘tkazmoqda.

Unda davlat rahbari sohada 5 ta yo‘nalishda jiddiy o‘zgarishlar qilish shartligini qayd etdi:

Birinchisi, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kasalliklarni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish.

Ikkinchisi, ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash.

Uchinchisi, raqamlashtirish orqali sohada qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.

To‘rtinchisi, tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida raqobatning rivojlanishi va xususiy sektor jadal kirib borishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

Beshinchisi, tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish.

Yig‘ilishda shu yil 1 iyuldan boshlab surunkali kasalliklarni birlamchi bo‘g‘inda davolash bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi ta’kidlandi.

Birinchi bosqichda Sirdaryo viloyatida oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar orqali, erta o‘limning asosiy sababi bo‘lgan yurak va qon-tomir kasalliklarini davolash uchun aholi dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi.

Tegishli mas’ullarga bir oy muddatda birlamchi bo‘g‘inda davolash bepul tibbiy xizmatlar paketini amaliyotga kiritish topshirig‘ini berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tibbiyot

Baholaganlar

35

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing