Shavkat Mirziyoyev tashrifiga Belgradda osmono‘par bino O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahrida O‘zbekiston rahbarining Serbiyaga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich, Birinchi xonimi Tamara Vuchich, Xalq majlisi Raisi Ana Brnabich, Bosh vazir Juro Matsut va boshqa rasmiy shaxslar qutlagan.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk rasmiy tashrifining tarixiy ahamiyati, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochayotgani alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Serbiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalar an’anaviy do‘stona ruhda rivojlanayotganiga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi sharafiga “Kula Belgrad” osmono‘par binosi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i ranglarida yoritilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Belgrad shahriga borgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing