Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
19:03 2768 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xunan provinsiyasidagi sanoat korxonasida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik so‘zlarini yo‘llab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Xunan provinsiyasida joylashgan pirotexnika zavodida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘lgani va 61 nafar odam jarohat olgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat raisi Si Szinpin ushbu fojea yuzasidan chuqur va tezkor tergov o‘tkazishni talab qilgan.
Live
Barchasi