Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image

Bugun, 25 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonning Kvetta shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Asif Ali Zardoriy va Bosh vazir Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tilab, ularga ushbu og‘ir damlarda kuch va bardamlik tilagan. Shuningdek, jarohat olgan barcha fuqarolarning tez fursatda sog‘ayib ketishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 may kuni Pokistonning janubi-g‘arbiy Balujiston viloyatida sodir bo‘lgan hujum oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lgandi va jarohat olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni turlicha qayd etilgan: kamida 19 dan 24 nafargacha odam vafot etgan, jarohatlanganlar soni esa 50 dan 70 nafardan ziyod ekani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Pokiston ta'ziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing