Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrov bilan uchrashadi
Jamiyat
−
01 may 2019
3969Joriy yilning 2 may kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Rossiya TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.
Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ilgari erishilgan O‘zbekiston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda.
Tomonlar xalqaro muammolar, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash masalalari, jumladan Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarini boshlashga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashadilar.
3 may kuni Sergey Lavrov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashadi.
LiveBarchasi