Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga ketdi
Jamiyat
−
28 dekabr 2021 7742 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan bugun, 28 dekabr kuni amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.
Rossiyaning shimoliy poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammiti o‘tkaziladi.
Sammitda yetakchilar yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilib, hamkorlikni rivojlantirishning kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashadilar.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr