Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ikki kunlik safar davomida joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlat rahbari Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etgandi. Tadbir avvalida davlat rahbari butun O‘zbekiston xalqini muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklagan. Shu ulug‘ ayyom kunlariga barchani tinch-omon, sog‘-salomat yetkazgani uchun Alloh taologa behad shukronalar aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing