Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. 20 sentyabrdan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti boshlandi.

Bugun, 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashish maqsadida ushbu viloyatga jo‘nab ketdi.

Shuningdek, safar davomida turli maskanlarga tashrif ham rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyev shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida saylovchilar bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing