Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga qachon tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
05 fevral 2021
27503Kecha, 4 fevral kuni Qozog‘istonning Olma Ota shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi. Ikki Hukumat rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevning mart-aprel oylarida Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan rasmiy tashrifiga tayyorgarlikni muhokama qilgan. Bu haqda Rossiya Bosh vaziri Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Biz O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Imzo qo‘yish uchun mustahkam hujjatlar to‘plami ishlab chiqilmoqda. Biz ham boy dastur tayyorlamoqdamiz. Davlat tashrifini tayyorlashning juda muhim bosqichi Qo‘shma komissiyaning Rossiya va O‘zbekiston Hukumatlari rahbarlari darajasidagi ikkinchi yig‘ilishi bo‘ladi. Bu ikki tomonlama hamkorlik ko‘lamini anglatadi”, deydi Mishustin.
O‘z navbatida, Abdulla Aripov ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Moskvaga davlat tashrifiga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rilayotganini ta’kidlagan.
“Albatta, biz ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Moskvaga davlat tashrifiga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Va shuni bilamanki, sizning ko‘rsatmangiz bo‘yicha Rossiya Hukumatining barcha bo‘linmalari mustahkam hujjatlar to‘plamini samarali tayyorlash va imzolashga harakat qilmoqda. Va bu yerda nafaqat vazirlik va idoralar, balki mintaqalar ham ishtirok etmoqda, biz mintaqalar o‘rtasidagi aloqalarni ancha mustahkamlamoqdamiz”, deydi O‘zbekiston Bosh vaziri.
Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustinga ko‘ra, pandemiyaga qaramay, 2020 yilning 11 oyida o‘zaro tovar ayirboshlash 2019 yilning shu davriga nisbatan 17 foizga o‘sgan va taxminan 5,3 milliard dollarni tashkil etgan. Prezidentlar esa bu ko‘rsatkichni 10 milliardga yetkazish vazifasini qo‘ygan.
LiveBarchasi