Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Serbiyaga bordi
Jamiyat
−
21:34 702 1 daqiqa
Bugun, 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Belgrad shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Serbiya havo hududida O‘zbekiston yetakchisining samolyotiga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qilgan.

Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib olgan.




Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilib, Faxriy qorovul saf tortgan.


Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga boshlanadi. Dasturga muvofiq, O‘zbekiston – Serbiya oliy darajadagi muzokaralari hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ularning yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.