Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidenti va Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
08 Oktabr 2021
5186O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonning Balujiston viloyatida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Orif Alviy va Bosh vaziri Imron Xonga hamdardlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, kecha, 7 oktyabr kuni sodir bo‘lgan zilzila 20 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. 300 dan ortiq odam tan jarohati olgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Geologik xizmati Pokistonda Toshkent vaqti bilan soat 03:01 da 5,7 magnitudali zilzilani qayd etgan. Zilzila epitsentri Xarnay shahridan 14 kilometr shimoli-sharqda, o‘chog‘i esa 20,8 kilometr chuqurlikda joylashgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15