Shavkat Mirziyoyev Pokiston xalqiga ta’ziya yo‘lladi
Olam
−
06 fevral 1462 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahridagi masjidda sodir bo‘lgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani hamda jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot kotibi ma’lum qildi.
“Davlatimiz rahbari Pokiston xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Islomobod shahridagi masjidda portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Fojia oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘lgan, 169 kishi jarohat olgan. Hozircha hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Live
Barchasi