Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Baku shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi.

Xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing