Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi

Jamiyat

−

image

Bugun, 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Baku shahriga bordi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda mamlakat yetakchisini Ozarbayjon Bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Ertaga, 15 oktyabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi.

Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing