Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda “Yil odami” deb tan olindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasida “Yil odami” deya e’tirof etildi. 

Ozarbayjonda 2006 yildan buyon nashr etib kelinayotgan “Tarixi Şəxsiyyətlər” (“Tarixiy shaxslar”) jurnali an’anaga ko‘ra, har yili dunyo yetakchilari hamda ijtimoiy-siyosiy sohaning mashhur arboblari orasidan “Yil odami”ni aniqlaydi. 2017 yilda tahririyat qaroriga ko‘ra, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bir ovozdan “Yil odami” deb e’lon qilingan edi. 2018 yilda esa ushbu nominatsiyaga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin munosib ko‘rilgan.

Tahririyat xodimlarining bir ovozdan qabul qilgan qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yaxshilash bilan birga mamlakat taraqqiyoti va ravnaqi, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yil odami” deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan “Tarixi Şəxsiyyətlər” jurnalining keyingi soni O‘zbekiston Prezidenti va umuman, O‘zbekistonga bag‘ishlanadi, u rus tilida chop etiladi.

Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi ko‘magida tayyorlanayotgan “Tarixiy shaxslar” jurnalining maxsus soni taqdimoti Toshkent shahrida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan bu yil O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ldi. Mirziyoyevning mazkur qarori Ozarbayjon rahbariyati tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Joriy yilning 14-15 oktyabr kunlari Baku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi davlat rahbarlari sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham ishtirok etib, Prezident Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing