Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirini qabul qildi
Jamiyat
−
17 iyul 1861 1 daqiqa
Bugun, 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatga kelgan Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

O‘tgan yilda tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshgan, joriy yilning o‘tgan davrida esa o‘sish qariyb 40 foizni tashkil etgan.
Qurilish, energetika, geologiya, logistika, moliya, yoqilg‘i, to‘qimachilik, turizm va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan, qo‘shma Investitsiya kompaniyasi ishtirokida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi ta’kidlangan.
Shu ma’noda, bugun bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining yakunlari yuksak baholangan. Shuningdek, ikki mamlakat hududlari forumi natijador o‘tishini ta’minlash zarurligi qayd etilgan.
Live
Barchasi