Shavkat Mirziyoyev oy oxirida Rossiyaga boradi
Jamiyat
−
24 dekabr 2021
9176Joriy yilning 28 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga boradi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan norasmiy uchrashuvga MDHga a’zo davlatlarning 8 tasining rahbari keladi. Bular Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov.
Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev ham norasmiy uchrashuvda ishtirok etadi. Biroq Moldova Prezidenti Mayya Sanduning tashrifi haqida ma’lumot yo‘q.
Avvalroq, joriy yilning 28 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi