Shavkat Mirziyoyev Ollohshukur Poshshozoda bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 14 oktyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining yettinchi sammitida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga uchib ketgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bakuga kelgach, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Boku shahrida Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. 

Uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni kengaytirish, ta’lim va yoshlarning ma’naviy tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbari bu boradagi xalqaro hamkorlik darajasi tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Birgalikdagi sa’y-harakatlar zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi samarali kurashish, muqaddas islom dinining sof qadriyatlari va chinakam insonparvarlik maqsadlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidentining islom olamining boy merosini o‘rganish va asrab-avaylash bo‘yicha tashabbuslarini va bu borada qabul qilinayotgan choralar samarali ekanini qayd etdi. 

Ollohshukur Poshshozoda mamlakatlar va butun mintaqada tinchlik, totuvlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida faol muloqot va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi

Baholaganlar

57

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar