Mirziyoyev Nukusga jo‘nab ketdi. Kamalov ishdan ketishi kutilyapti
Jamiyat
−
26 avgust 2022
15220O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 avgust kuni Nukus shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanli lavhasida ma’lum qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bugun Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Kenges raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Murat Kamalov o‘rniga boshqa rais saylanishi haqida xabarlar tarqalyapti.
Asosiy nomzod sifatida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, sobiq Qoraqalpog‘iston IIV rahbari Amanbay Orinbayev nomzodi bor.
Avvalroq Amanbay Orinbayev Jo‘qorg‘i Kengesning bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga o‘tkazilgan saylovda g‘alaba qozonib, parlament a’zosi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi