Shavkat Mirziyoyev Nukusda aholi bilan muloqot qildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hozirda Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi. Davlat rahbari Nukus shahridagi Jeketerak mahallasida bo‘lib, xalq bilan muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

“Jeketeraklik yoshullilar kechagi ko‘ngilsiz voqealarda ba’zi yoshlar adashgani va qonunga zid harakatlar sodir etgani, tashqi g‘arazli kuchlar ta’siriga tushib, his-hayajonga berilganini afsus bilan aytishdi. 

O‘zbeklar va qoraqalpoqlar ikki tilli bir el ekanini, mamlakatimiz birligi va tinchligini qadriga yetish kerakligini ta’kidlashdi”, deyiladi xabarda


Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi holatni Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish deb baholadi.

Shundan so‘ng, kecha, 2 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga yetib bordi va qoraqalpoq xalqi bilan muloqot qildi. 

Shuningdek, Prezident Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog‘iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing