Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov maqbarasini ziyorat qildi

Jamiyat

image

Bugun, 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bordi. Davlat rahbari dastlab Nukus shahridagi "Shorsha baba" qabristoniga borib, Musa Yerniyazov maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etildi.

Musa Yerniyazov ko‘p yillar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni bo‘lgan.

Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, marhum xotirasiga maqbara barpo etildi. Bugun bu joy obod ziyoratgohlardan biriga aylangan.

Shundan so‘ng, davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumaniga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

175

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing