Shavkat Mirziyoyev Minskda tantanali kutib olindi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyul kuni Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, saroy oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarilgan va faxriy qorovul saf tortgan.

O‘zbekiston rahbarini Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko samimiy kutib olgan. 

Davlat madhiyalari yangragan.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing