Shavkat Mirziyoyev MDH sammitida Afg‘oniston masalasini ko‘tardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi tinchlik masalasiga alohida to‘xtaldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

MDH makonidagi xavfsizlikka tahdid solayotgan xatarlar to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, Afg‘onistonda yo‘lga qo‘yilayotgan tinchlik jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim ekani qayd etilgan.

“Ushbu mamlakatning tinchligi butun Hamdo‘stlik makonida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning muhim omilidir. Bu, shuningdek, davlatlarimizning Janubiy Osiyo bilan savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar degani”, deya ta’kidlagan Prezident.

Shuningdek, mafkuraviy va axborot sohalarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari ham yangi, noodatiy yondashuvlarni taqozo etayotgani qayd etilgan. Ushbu mavzudagi avval qoldirilgan Xalqaro ekspertlar forumi kelgusi yilda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing