Shavkat Mirziyoyev Madinai Munavvaraga yetib bordi (video)
Jamiyat
−
17 avgust 2022 13178 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining Madina shahriga yetib bordi. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentini Saudiya Arabistonining rasmiylari kutib olgan. Rejaga ko‘ra, Prezident bu yerda payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) dafn etilgan Ravzai Muborakni ziyorat qiladi.
Kunning ikkinchi yarmida Prezident Shavkat Mirziyoyev Jidda shahriga keladi. Bu yerda oliy darajadagi O‘zbekiston-Saudiya sammitining rasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga safari davomida Umra ziyoratini ham ado etishi kutilmoqda.






Live
Barchasi