Shavkat Mirziyoyev Lukashenko bilan uchrashdi
Jamiyat
−
13 Oktabr 2023
4664Bugun, 13 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida o‘tayotgan MDH sammiti doirasida Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ular o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etilgan.
“O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda. Madaniyat, kinematografiya va sport sohasida qo‘shma tadbirlar muntazam o‘tkazib borilmoqda”, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, ular savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralarni ko‘rish, jumladan, hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, Hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Belarus yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchrashuvini tashkil etish muhimligini qayd etgan.
MDH va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashilib, bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bugun Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, davlat rahbari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashadi.
LiveBarchasi