Shavkat Mirziyoyev Laos Prezidenti bilan uchrashdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 15 oktyabr kuni Baku shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Laos Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Txonglun Sisulit bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston – Laos munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilingan.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, transport, logistika, farmatsevtika, tibbiyot, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etilgan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish hamda ta’lim va madaniyat sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirish muhimligi ta’kidlangan.

Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing