Shavkat Mirziyoyev Xitoyga safarini yakunladi
Jamiyat
−
27 aprel 2019 5234 1 daqiqa
Bugun, 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etish uchun 24-27 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ldi.
Davlat rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvida ikki mamlakat hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.
Shuningdek, Belarus Respublikasi Prezidenti, Tojikiston Respublikasi Prezidenti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etib, nutq so‘zladi, mintaqaviy hamkorlik uchun dolzarb ahamiyatga ega qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr