Shavkat Mirziyoyev Xitoy va Nepal rahbarlariga hamdardlik bildirdi (video)

Olam

image

Bugun, 27 avgust O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tibet avtonom rayonidagi Shigadze shahar okrugida va Nepalning Tibet bilan chegarasida yuz bergan keng ko‘lamli ko‘chki va toshqin oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jarohatlangani hamda katta iqtisodiy talafot ko‘rilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Nepal Prezidenti Ram Chandra Paudelga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

Eslatib o‘tamiz, Nepal va Tibetda kecha, 26 avgust kuni yuz bergan halokatli suv toshqinlari oqibatida 1,5 mingga yaqin kishi, jumladan, 700 dan ortiq xorijlik bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida kamida 165 kishi halok bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini bildirgan. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Mamlakatda 826 kishi, jumladan, 500 ga yaqin xorijlikning qayerdaligi noma’lumligicha qolmoqda. Bedarak yo‘qolganlar orasida Hindistonning 177, AQSHning 63, Avstraliyaning 34, Buyuk Britaniyaning 33 va Kanadaning 25 nafar fuqarosi bor.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing