Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashkilotlar va davlatlarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston
−
29 Dekabr 2020 3861 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llayotgan murojaatnomasida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko‘maklashgan xalqaro tashkilotlar va davlatlarga minnatdorlik bildirdi.
“Pandemiyaga qarshi kurashda bizga amaliy yordam bergan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, xalqaro moliya institutlari, Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya kabi davlatlar rahbarlariga tashakkur bildiraman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari O‘zbekiston bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan chet davlatlarning elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillariga rahmat aytdi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr