Shavkat Mirziyoyev xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolilari va san’atkorlari jamg‘armasi (Türk Dünyası Yazarlar ve Sanatçılar Vakfı –TURKSAV) tomonidan ta’sis etilgan “Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Bu haqda TURKSAV`ning Anqarada o‘tkazilgan maxsus matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Mukofot sohibining ismi-sharifi TURKSAV hay’ati kollegial qo‘mitasi tomonidan Turkiya va xorijiy davlatlarning taniqli siyosatchilari, iqtisodchilari, fan va san’at namoyondalarining 2019 yildagi faoliyatini o‘rganish natijalari asosida e’lon qilindi.

TURKSAV mukofotini topshirish marosimi 2020 yil may oyida Anqarada Turkiya parlamenti, hukumati, keng jamoatchiligi, ishbilarmon doiralari va san’at arboblari ishtirokida tantanali tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mukofotga turli yillarda Turkiya Prezidenti Sulaymon Demirel, Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev va boshqalar sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev mukofot

Baholaganlar

194

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing