Shavkat Mirziyoyev xalqaro mukofotga loyiq topildi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2019
9372Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo maqsadli guruhi(YUNIATF) har yili yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashishga ulkan hissa qo‘shganlarni mukofotlash an’anasini yo‘lga qo‘ygan.
E’tiborlisi, ushbu nufuzli tashkilotning joriy yilgi mukofoti egalari orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham joy oldi. Shavkat Mirziyoyev BMT guruhi tomonidan mazkur jabhada e’tirof etilgan yagona davlat rahbaridir. Bu Prezident tomonidan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini tubdan isloh qilish masalasiga bevosita va alohida e’tibor qaratilayotganing xalqaro miqyosda yana bir bor tan olinishidir.
G‘oliblar qatoridan Avstraliya, Belgiya, Braziliya, Avstraliya, Livan, Peru kabi mamlakatlar sog‘liqni saqlash, Koreya Respublikasi oziq-ovqat va dori-darmonlar xavfsizligi vazirliklari, Butan parlamenti, AQSHning saratonni o‘rganish va tadqiq qilish instituti, RAD-AID International tashkiloti,
MAGATEning Lotin Amerikasi va Karib havzasi uchun mintaqaviy bo‘linmasi ham joy oldi.
Mukofotlar 2019 yilning shu yilning23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi majlisi doirasida bo‘lib o‘tadigan YUNIATF tadbirida taqdim etiladi.
LiveBarchasi