Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Qozog‘iston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik va davlat xizmatidagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Oliy darajadagi muntazam va samarali muloqotlar O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining jadal rivojlanishi va izchil mustahkamlanib borishiga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Qosim-Jomart Toqayevning joriy yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan ilk davlat tashrifi savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi amaliy hamkorlik, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochgani alohida ta’kidlandi.

Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Suhbat so‘ngida davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayevga joriy yil 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Qozog‘iston Prezidenti saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart Toqaev

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing