Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamolov xotirasini yod etdi
Jamiyat
−
13:20 1610 1 daqiqa
Bugun, 18 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, safarni boshlashdan avval mamlakat yetakchisi atoqli davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurgan. Qur’on tilovat qilinib, marhumning haqqiga duoi fotiha qilingan.

Prezident marhumning ibratli hayot yo‘li, ezgu ishlari va el-yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini yodga olgan. O‘tganlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, kattalarni e’zozlash yosh avlod uchun ibrat ekanini ta’kidlagan.

Joriy yil fevral oyida vafot etgan Kallibek Kamalov ko‘p yillar Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida ishlab, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini ravnaq toptirish, aholi turmushini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan.


Keyingi yillarda nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi sifatida keksalarni qo‘llab-quvvatlash, hamjihatlikni mustahkamlash va yoshlar tarbiyasida faol ishtirok etgan. Xizmatlari “Shuhrat” medali va “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
Live
Barchasi