Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga boradi
Jamiyat
−
10:15 1256 1 daqiqa
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ikki kunlik safar davomida davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.
Live
Barchasi