Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi 

Jamiyat

image

Bugun, 30 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi bilan jo‘nab ketdi. Bu haqda mamlakat yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev qo‘shni Qirg‘iz Respublikasiga mamlakat Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan yo‘l olgan.

Avval xabar qilinganidek, Cho‘lponota shahrida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi tadbirlarida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing