Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan mukofotlarni egalariga topshirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  bugun, 19 dekabr kuni Toshkent shahridagi Kongress markazida Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan birgalikda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha beriladigan xalqaro mukofotni egalariga tantanali topshirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimida Shavkat Mirziyoyev mukofotni qo‘lga kiritganlarni dildan qutlab, ularga adolatni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlariga katta muvaffaqiyatlar tilagan.

O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amiri bilan birgalikda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofotini uning egalariga tantanali topshirgan.

Bunda “Korrupsiyaga qarshi kurashdagi yutuqlar” nominatsiyasida “Transparency International” xalqaro tashkilotining sobiq raisi Xose Karlos Ugas Sanches Moreno (Peru) sovrindor bo‘lgan.

“Ta’lim va akademik tadqiqotlar” nominatsiyasida Singapur Milliy universiteti sobiq professori Djon Kua (Singapur) va Zagreb universiteti professori Sunchana Roksandich (Xorvatiya) g‘olib bo‘ldi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlar ijodi va faolligi” uchun mukofotlar “Youth4IntegrityBuilding” nodavlat tashkilotiga (Keniya) – direktor Damaris Asvega hamda “All4Integrity” nodavlat tashkilotiga – asoschisi Andre Korrea DʼAlmeydega topshirildi.

“Innovatsiyalar va jurnalistik surishtiruvlar” nominatsiyasida surishtiruvchi muxbir Kler Ryukasl-Braun (Buyuk Britaniya) va Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining sobiq rahbari Fil Meyson sovrindor bo‘ldi.

“Sportni korrupsiyadan himoya qilish” nominatsiyasida mukofotlarga jurnalist va BBC boshlovchisi Vayxiga Mvaura (Keniya) va “Central European News” axborot agentligi muharriri Shantanu Guxa Rey (Hindiston) munosib topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Korruptsiyaga qarshi kurashish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing