Shavkat Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 avgust kuni erta tongda Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi hamda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Kechqurun davlat rahbari mamlakat mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, O‘zbekiston xalqiga tabrik bilan murojaat qiladi.

Ma’lumot uchun, 31 avgust — Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 1 maydagi farmoniga asosan ushbu kun har yili poytaxt Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuida o‘tkazilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing