Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safar qiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 21-22 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga safar qiladi. 

Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha ob’ektlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish, viloyatni rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha yangi vazifalarni belgilash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor joriy yilning 30 mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi vaqtida u bilan birga Xorazm viloyatiga safar qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing