Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovni xotirlash marosimida qatnashdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar ham Birinchi Prezident xotirasiga hurmat ko‘rsatdi.

“El fidoyilarini unutmaslik, yaxshi ishlarini eslash va qadrlash millatning millatligini ko‘rsatadigan jihat. Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat, ham fazilatdir. Marosimda ana shunday ehtirom namoyon bo‘ldi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz manfaati yo‘lidagi tarixiy ishlari, olijanob xislatlari yodga olindi”, deyiladi xabarda.

Davlat rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.  

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing