Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasini hurmat bilan yodga oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni ehtirom bilan tilga oldi. Davlat rahbari bugun, 28 avgust kuni Yangi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Mustaqillikning 35 yilligi bayram tantanalaridagi nutqida bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

“O‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasorati yana bir bor e’tirof etishni joiz, deb bilaman”, deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqayotgani aytildi.

“Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi ehtirom bilan yod etamiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev

Prezident mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Islohotlarning birinchi kunlaridan xalqning qalbiga quloq solish va aholining dardiga darmon bo‘lish asosiy maqsad etib belgilangani urg‘ulandi.  

“Inson qadri uchun” g‘oyasi davlat siyosatining markaziga olib chiqildi. Birinchi galda “paxta qulligi”, majburiy va bolalar mehnati, konvertatsiya cheklovi hamda “propiska” kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berilgani eslandi.  

“Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qo‘rquv va hadik o‘rnini ishonch va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish uchun keyingi o‘n yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik”, deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing