Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 yanvar - O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. U hayot bo‘lganda bu yil 83 yoshni qarshilagan bo‘lardi. 

O‘zbekistonda har yili bu sanani nishonlash, marhumni xotirlash ezgu an’anaga aylangan.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat ko‘rsatdi.

Qur’on oyatlari tilovat qilindi. Islom Karimovning ezgu ishlari, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

Marosimda Prezident Administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat a’zolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, poytaxt jamoatchiligi ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

799

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing