Shavkat Mirziyoyev IIV Akademiyasi to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respubblikasi Prezidentining “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi ta’lim mutaxassisliklari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, endilikda akademiyada Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati bo‘yicha oliy ma’lumotli yurist kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek, qaror bilan kasbiy tayyorgarlik fakultetida Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Akademiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotli yurist kadrlar tayyorlanmoqda:

•    tergov faoliyati;
•    tezkor-qidiruv faoliyati;
•    huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;
•    ekspert-kriminalistik faoliyat;
•    yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati;
•    xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash;
•    jinoyatlarni oldini olish va fosh etish faoliyati.


Maqola muallifi

Teglar

qaror IIV

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing