Shavkat Mirziyoyev Germaniya Tashqi ishlar vaziri Berbokni qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya tashqi siyosiy idorasi rahbari Annalena Berbokni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Muzokaralar kun tartibidagi asosiy masalalar: O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni "yashil" iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga urg‘u bergan holda chuqurlashtirish, mintaqaviy hamkorlikning, shu jumladan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasidan kelib chiquvchi dolzarb jihatlari, shuningdek, Afg‘onistonda tez fursatda tinchlik o‘rnatilishiga ko‘maklashish bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Berbok xonim o‘zbekistonlik hamkasbi Vladimir Norov bilan ham uchrashgandi. Toshkentdagi nemis tili chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 60-sonli maktabda hamda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish maydonida bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Annalena Berbok

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing