Shavkat Mirziyoyev Fumio Kisidani O‘zbekistonga taklif qildi

Jamiyat

image

Bugun, 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. 2019 yil dekabr oyida Shavkat Mirziyoyevning Tokioga amalga oshirgan oliy darajali tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona aloqalarni mustahkamlashda yangi bosqichni boshlab, hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

“Keyingi yillarda qo‘shma korxona va loyihalar soni, shu jumladan O‘zbekistonda energetika va turizm infratuzilmasini, yuqori texnologik sanoatni rivojlantirishga Yaponiya yetakchi kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilish orqali bir necha barobar ko‘paydi. Yaponiyaning rivojlanish va hamkorlik institutlarining moliyaviy mablag‘lari ishtirokidagi qo‘shma dasturlar portfeli 7 milliard dollardan oshdi”, deyiladi xabarda.

Davlat rahbari oliy darajadagi samarali muloqotlarni davom ettirish muhim ekanligiga alohida to‘xtalib, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisidaga O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelish taklifini yana bir bor tasdiqlagan.

“Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi konstruktiv mintaqaviy hamkorlikni, eng avvalo, iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik, muqobil energetika va ekologiya sohalarida mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirilgan.

Tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi Yaponiya hukumati Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

Shuningdek, mamlakatning Afg‘onistonda bardavom tinchlikni ta’minlash va ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlari yuqori baholangan.

Ma’lumot uchun, ushbu tashrif O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil hamda strategik sheriklik o‘rnatilganiga 20 yil to‘ladigan yilda o‘tmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing