Shavkat Mirziyoyev Filippin Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Filippin Prezidenti Ferdinand Markosga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev Filippinning Mindanao oroli janubiy sohillarida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Ferdinand Markosga ta’ziya yo‘llagan.

Davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 iyun kuni Filippin sohillari yaqinida yuz bergan zilzila oqibatida 32 kishi halok bo‘lgandi, yana 134 kishi jarohatlangan.

Yer qimirlashidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud taxminan 700 ming aholiga ega General-Santos shahri bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing