Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston poytaxti Ashxabodda bo‘lib turibdi. Davlat rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Bugun, 11 oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashining Ashxoboddagi majlisi dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari bugun yuksak darajaga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Rahmon bilan uchrashdi

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar