Shavkat Mirziyoyev Dushanbega yetib bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston rahbari Imomali Rahmonning taklifiga binoan Dushanbe shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, aeroportda Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston Prezidenti bilan muzokara o‘tkazadi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi 14-15 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi, uning yakunlari bo‘yicha beshta hujjatdan iborat paket imzolanishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda Orol dengizi havzasida ekologik inqirozni bartaraf etish va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash maqsadida 1993 yilda tashkil etilgan IFAS Kengashining majlisini o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Avvalgi uchrashuvlar, 2018 yilda Qozog‘istonning Ostona shahrida, 2019 yilda O‘zbekistonning Toshkent shahrida, 2021 yilda Turkmanistonning Avaza shahrida va 2022 yilda Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tojikiston Qohir Rasulzoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing