Shavkat Mirziyoyev Buxoroga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlangan. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqqa tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qilgan.

Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ham bugun, 24 avgust kuni Buxoro shahriga jo‘nab ketgan.

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri Nuriddin Ismoilov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing