Shavkat Mirziyoyev Britaniya Qiroliga hamdardlik bildirdi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2022
7489O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Charlz Uchinchiga uning volidai muhtaramasi Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi olamdan o‘tgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
“Ul zot 70 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanishining ramzi bo‘lib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga, uning xalqaro maydondagi obro‘ va e’tiborini har tomonlama oshirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi edi”, deyiladi Shavkat Mirziyoyevning ta’ziyanomasida.
Prezident ushbu musibatli damlarda Qirolga, oilasining barcha a’zolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga taskin so‘zlarini bildirgan hamda sabr-toqat va bardamlik tilagan.
Eslatib o‘tamiz, 8 sentyabr kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida vafot etdi.
LiveBarchasi